Uyushma Mo'g'uliston Milliy savdo-sanoat palatasi bilan uchrashdi

Uyushma raisi Yorqin Malikov va palata vitse-prezidenti B. Lkhagvajav o'rtasida rasmiy uchrashuv bo'ldi.
O'zbekiston Eksportchilar Uyushmasi va Mo'g'uliston Milliy savdo-sanoat palatasi o'rtasida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda palata vitse-prezidenti B. Lkhagvajav hamda Uyushma raisi Yorqin Malikov ishtirok etdi.
Tomonlar ikki mamlakat tadbirkorlari o'rtasida savdo aloqalarini kengaytirish, ko'rgazmalar va biznes forumlar tashkil etish masalalarini muhokama qildi.



