Uyushma Mo'g'ulistondagi CU savdo tarmog'i bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda

Xizmat safari davomida mamlakatning yirik savdo tarmoqlaridan biri — CU bilan muzokaralar o'tkazildi.
O'zbekiston Eksportchilar Uyushmasi delegatsiyasi Mo'g'ulistonga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida mamlakatning yirik chakana savdo tarmog'i CU bilan muzokara olib bordi.
Natijada O'zbekiston oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ushbu tarmoqqa yetkazib berish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.



